Yoʻnalishlar va faoliyat turlari

Vazirlar Mahkamasining 90-son qarori bilan tasdiqlangan 15 yoʻnalish va 142 faoliyat turi.

01 Adabiy ijod 5 faoliyat turi
  • Tarjima qilish xizmatlari (badiiy adabiyotni tarjima qilish, texnik tarjima, veb-saytlar, filmlar, kompyuter va mobil ilovalar, taqdimotlar, video, audio va reklamalar tarjimasi)
  • Maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish
  • Kutubxonalar va arxivlar faoliyati
  • Axborot-kutubxona xizmatlari, jumladan, kitoblar, arxivlar va maʼlumot resurslarini taqdim etish
  • Elektron kutubxonalar, raqamli arxivlar va maʼlumot bazalarini yaratish va yuritish
02 Amaliy sanʼat va hunarmandchilik 67 faoliyat turi
  • Ganch oʻymakorligi
  • Qoʻlda gilam toʻqish
  • Gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Qoʻlda gazlamalar toʻqish
  • Tosh oʻymakorligi
  • Toshni kesish, unga ishlov berish va pardozlash
  • Miniatyura, rang-tasvir, naqqoshlik va boʻyoqli naqshlar tayyorlash
  • Metalldan buyumlar yasash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Tunukadan buyumlar yasash
  • Milliy poyabzal tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Milliy liboslar tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Bosh kiyimlar tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Yogʻoch oʻymakorligi
  • Suyakka oʻyma naqsh solish
  • Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Kashtachilik
  • Zardoʻzlik buyumlari
  • Musiqa asboblarini qoʻlda tayyorlash
  • Chinni, fayans va sopol buyumlar tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Qimmatbaho metalldan zargarlik buyumlarini yasash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Oʻyinchoqlar tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Mayda haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash
  • Charm mahsulotlarini tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Mualliflik mebellarini tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Yogʻochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash
  • Novdalardan buyumlar toʻqish
  • Mozaika ishlari
  • Koʻzgu tayyorlash
  • Shisha puflash ishlari
  • Esdalik buyumlarini tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Oddiy metallardan milliy uslubda taqinchoqlar yasash
  • Ot anjomlarini tayyorlash
  • Xattotlik
  • Qadimiy qoʻlyozmalarni restavratsiya qilish
  • Makrame va qoʻlda toʻqilgan buyumlar tayyorlash
  • Anʼanaviy doʻppichilik
  • Zamonaviy sanʼat asarlarini yaratish
  • Devorga bezak berish
  • Anʼanaviy dizaynerlik xizmatlarini koʻrsatish
  • Quroqchilik usulida tikish
  • Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qoʻlda boʻyash, gazlamalarga, shu jumladan, trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)
  • Kashtachilik
  • Galantereya buyumlarini tayyorlash va taʼmirlash
  • Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sunʼiy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash
  • Toʻsiqlar, haykallar, metalldan gulchambarlarni tayyorlash va taʼmirlash
  • Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash
  • Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash)
  • Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash
  • Yogʻoch mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni toʻqish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Yogʻoch idishlar ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Kulolchilik
  • Atlas va adras toʻqish
  • Ipak tolalarini tayyorlash va yigirish
  • Ipak gazlama ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Mayda munchoq (biser) tikish
  • Doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
  • Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
  • Quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish
  • Pichoq tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish
  • Milliy taqinchoqlar yasash
  • Kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash
  • Shisha va oynalarni kesish, shishaga badiiy ishlov berish
  • Zargarlik buyumlari va shu kabi buyumlarni ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Bijuteriya va shu kabi buyumlarni ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Maishiy va dekorativ keramik buyumlarni ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
03 Arxitektura, loyihalashtirish va urbanistika 3 faoliyat turi
  • Meʼmorchilik sohasidagi faoliyat
  • Obodonlashtirish boʻyicha faoliyat, landshaftni rejalashtirish
  • Muhandislik izlanishlari sohasidagi faoliyat va ushbu sohalarda texnik maslahatlar koʻrsatish
04 Audiovizual sanʼat 7 faoliyat turi
  • Kino, videofilmlar va televizion dasturlar ishlab chiqarish
  • Kino, videofilmlar va televizion dasturlarni ishlab chiqarishdan keyingi bosqich
  • Kinofilmlarni namoyish etish
  • Fotografiya sohasidagi faoliyat
  • Video va fotosuratga olish xizmatlari
  • Videorolik va musiqa kliplarini ishlab chiqarish xizmati
  • 2D, 3D animatsiya xizmatlari va multfilmlar ishlab chiqarish
05 Ijrochilik sanʼati 11 faoliyat turi
  • Sanʼat sohasidagi faoliyat
  • Fonogrammalar va musiqali yozuvlarni nashr qilish boʻyicha faoliyat
  • Madaniyat sohasidagi taʼlim
  • Aktyorlik, musiqachilik va xonandalik xizmatlari
  • Dramatik, musiqiy va qoʻgʻirchoq teatrlarining faoliyati
  • Opera, balet va xoreografiya (raqs) sanʼati
  • Yakkaxon va jamoaviy musiqiy ijro (vokal va instrumental)
  • Folklor, anʼanaviy va zamonaviy ijro sanʼati
  • Tsirk sanʼati va sahnaviy plastikaga oid chiqishlar
  • Performans, sahnaviy oʻqishlar va eksperimental ijro shakllari
  • Spektakllar va boshqa jonli sahna tomoshalarini tayyorlash va namoyish etish
06 Kontsert-tomosha faoliyati va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish 5 faoliyat turi
  • Teatr va kontsert zallari faoliyati
  • Teatrlar faoliyati
  • Spektakllarni namoyish etishda texnik qoʻllab-quvvatlash
  • Madaniyat va sanʼat sohalarida konferentsiyalar va koʻrgazmalar tashkil qilish
  • Kontsert-tomosha va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish faoliyati
07 Moda va dizayn sanʼati 13 faoliyat turi
  • Ixtisoslashgan dizaynerlik faoliyati
  • Kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar dizayni
  • Moda kollektsiyalarini yaratish, modellashtirish va ishlab chiqish
  • Toʻqimachilik dizayni (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Grafik dizayn
  • Mahsulot dizayni va sanoat dizayni (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)
  • Interer va ekspozitsiya dizayni
  • Moda illyustratsiyasi va stilizatsiya
  • Stilistika, imijmeyking va feshn-konsalting
  • Moda fotosʼyomkasi va vizual kontent yaratish
  • Moda koʻrgazmalari, defile va prezentatsiyalarni tashkil etish
  • Dizayn sohasida taʼlim, laboratoriyalar va ijodiy ustaxonalar faoliyati
  • Raqamli dizayn
08 Muzeylar, badiiy galereyalar (koʻrgazmalar), axborot-kutubxona faoliyati 5 faoliyat turi
  • Muzeylar, badiiy galereyalar, koʻrgazma zallari faoliyati
  • Doimiy va vaqtincha madaniyat va sanʼat sohalarida koʻrgazmalarni tayyorlash va namoyish etish
  • Tarixiy, badiiy, ilmiy va madaniy meros obʼektlarini saqlash, restavratsiya qilish va hujjatlashtirish
  • Kollektsiyalarni shakllantirish, saqlash va raqamlashtirish
  • Kuratorlik faoliyati, ekspozitsiya kontseptsiyalari va koʻrgazma stsenariylarini ishlab chiqish
09 Nashriyot va matbaa sohasidagi ijodiy faoliyat 3 faoliyat turi
  • Gazetalar, jurnallar, davriy nashrlar nashr qilish
  • Matbaa va nashriyotchilik faoliyatining boshqa turlari
  • Bosma shakllarni tayyorlash va axborot faoliyati
10 Ommaviy axborot vositalari sohasidagi va Internet jahon axborot tarmogʻi orqali uzatish yoʻli bilan amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat 7 faoliyat turi
  • Axborot tarqatuvchilardagi yozuvlarni aks ettirish
  • Radioeshittirish
  • Televizion dasturlarni yaratish va namoyish qilish boʻyicha faoliyat
  • Axborot agentliklari faoliyati
  • Multimedia, dizayn va sanʼat materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter oʻyinlari dizayneri, interer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, maʼlumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissyori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar)
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menejer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama boʻyicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi)
  • Kreativ industriya sohalarida onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi)
11 Prodyuserlik faoliyati 3 faoliyat turi
  • Kino-prodyuserlik faoliyati
  • Musiqa prodyuserlik faoliyati
  • Teatr va ommaviy tadbirlar prodyuseri
12 Raqamli texnologiyalar sohasidagi ijodiy faoliyat 3 faoliyat turi
  • Kompyuter va boshqa texnik qurilmalar uchun oʻyinlarni yaratish
  • Boshqa dasturiy mahsulot va dasturiy taʼminotlarni chiqarish
  • Dasturiy taʼminot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qoʻllab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy taʼminotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimallashtirish boʻyicha mutaxassis)
13 Reklama sohasidagi ijodiy faoliyat 2 faoliyat turi
  • Reklama agentliklari
  • Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, e-mail orqali xatlarni joʻnatish boʻyicha mutaxassis, spichrayter, transkriber va boshqalar)
14 Sanʼat ashyolari va madaniy meros obʼektlarini asrashga doir faoliyat 1 faoliyat turi
  • Tarixiy joylar va binolarni, madaniyat yodgorliklarini asrash boʻyicha faoliyat
15 Tasviriy sanʼat 7 faoliyat turi
  • Rassomchilik
  • Zamonaviy tasviriy sanʼat
  • Raqamli tasviriy sanʼat
  • Art-obʼektlar, art-installyatsiyalar va ommaviy makon uchun sanʼat asarlari
  • Tasviriy sanʼat asarlarini yaratish, restavratsiya qilish va konservatsiya qilish
  • Art-rezidentsiyalar, ijodiy ustaxonalar va studiyalar faoliyati
  • Tasviriy sanʼat asarlarini ekspertlash, baholash va art-konsalting